Tramp Suriya shimolidagi kurdlarni qurollantirishga qaror qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Suriyaning Raqqa shahriga hal qiluvchi hujum rejasini rad etdi. U sobiq prezident Barak Obama jamoasi tomonidan ishlab chiqilgandi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Trampning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchilari ko‘plab maslahatlashuvlardan so‘ng eng qulay variant Suriya shimolidagi kurdlarni qurollantirish bo‘ladi, degan xulosaga kelishgan.
Tramp inauguratsiyasiga uch kun qolganda - 17 yanvarda Obamaning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Tramp jamoasiga kurdlarni qurollantirish bo‘yicha batafsil rejani berdi. Unda hattoki bu tashabbusni Turkiya rahbariyatiga qanday qilib taqdim etish borasida tushuntirishlar ham bo‘lgan.
Biroq yangi prezident ma'muriyati rejani to‘liq emas deb baholadi hamda undan darhol voz kechdi. Xususan, Tramp jamoasida bu strategiyani haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan deb atashdi. Shu tariqa Tramp o‘z yo‘li bilan ketishni ma'qul ko‘rishi va IShIDni yo‘qotish bo‘yicha tez hamda qattiq kampaniya boshlaganini hammaga ko‘rsatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
08:30 / 24.10.2024
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasining Suriya va Iroqdagi obektlariga zarba berdi
15:50 / 17.10.2024
RF HKK Suriyaning Idlibidagi 27 ta nishonga zarba berdi
11:30 / 01.10.2024