Jamiyat | 17:12 / 03.02.2017
7212
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning nabirasi xitoy tilida qo‘shiq kuyladi

AQSh prezidenti Donald Trampning nabirasi Arabella xitoyliklarni Yangi yil bilan tabriklab, xitoy tilida qo‘shiq kuylab berdi.

Bu videoyozuv 5 yoshli qizchaning onasi Ivanka Tramp tomonidan Instagram’dagi o‘z sahifasida taqdim etilgan.

«Arabella Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil munosabati bilan qo‘shiq kuylamoqda. Bu bayramona kunlarda barchaga yil ajoyib o‘tishini tilab qolamiz», - deya yozgan Donald Trampning qizi.

Avvalroq Ivanka Tramp Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni Xitoyning Vashingtondagi elchixonasida nishonlagani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid