Jamiyat | 22:01 / 03.02.2017
10912
1 daqiqa o‘qiladi

Video: amerikalik o‘qituvchi har bir o‘quvchisi bilan alohida usulda salomlashadi

Ingliz tilidan dars beruvchi kichik Berri Uayt o‘z o‘quvchilarining har biri bilan alohida salomlashishning usulini o‘ylab topdi. Bolalar sinfxona yonida qator tizilib turishadi va ularning har biri o‘qituvchisi bilan alohida usulda salomlashadi.

Kichik Uayt AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Sharlotta shahridagi maktabning beshinchi sinfiga dars beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu usulni nafaqat uning sinfi, balki qo‘shni sinfdagilar ham o‘zlashtirgan. Endi u bunday salomlashishni uchinchi sinfdagilarda sinab ko‘rmoqchi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid