Jamiyat | 09:59 / 03.02.2017
7050
1 daqiqa o‘qiladi

JARda tez tibbiy yordam mashinasi begemot bilan to‘qnashib ketdi

Janubiy Afrika Respublikasida tez tibbiy yordami mashinasi begemot bilan to‘qnashib ketdi. 

Mamlakatning Gauteng viloyatida yuz bergan hodisa oqibatida jonivor o‘lgan. Haydovchi esa turli darajadagi tan jarohatlarini oldi, uning ahvoli og‘ir ekani aytildi. Janubiy Afrika shimoli-sharqida yuz bergan holat haqida Daily Mail xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana bir tibbiyot xodimi jarohat olgan. Uning ahvoli haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid