Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narkobaronning begemotlari Janubiy Amerika ekotizimini izdan chiqarayotgani ma'lum qilindi
Olimlar Janubiy Amerikaga narkobaron Pablo Eskobar tomonidan olib kelingan begemotlarning ekologiyaga ta'sirini o‘rganishdi.
Foto: AFP
Bir vaqtlar Pablo Eskobar Kolumbiya shimolidagi villasida shaxsiy hayvonot bog‘ini tashkil qilgan va bu yerga Afrikadan karkidon, jirafa, zebra va boshqa jonivorlar keltirilgandi.
Narkobaronning o‘limidan keyin jonivorlarning aksariyati boshqa zooparklarga ko‘chirilgan, ammo to‘rtta begemot changalzorga qochib ketgandi. Ekologlarning baholashlaricha, hozirda ularning soni 80taga yetgan.
San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti olimlari kolumbiyalik hamkasblari bilan ularning mahalliy ekotizimga ta'sirini o‘rgandi. Tadqiqot natijalari Ecology jurnalida chop etildi.
Olimlar ikki yil davomida hududdagi suv sifati, kislorod darajasi va suvdagi mikroorganizmlarni o‘rganishdi. Tadqiqot rahbari, professor Jonatan Shurinning so‘zlariga ko‘ra, begemotlar suv resurslariga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, kunduzi quruqlikda ovqatlanib, tunni suvda o‘tkazadigan begemotlar chiqindi chiqarishi oqibatida hududdagi suvlarning kimyoviy tarkibi va sifati keskin o‘zgargan. Begemotlar yashaydigan suv havzalarida organik moddalar miqdori oshib ketgan. Bu yerda bakteriyalar va suvo‘tlar ko‘paygan.
"Begemotlar soni yaqin yigirma yil ichida mingtaga yetishi mumkin. Tadqiqot hali kech bo‘lmasdan turib ularni nimadir qilish kerakligini ko‘rsatmoqda. Zero mingta begemotdan ko‘ra 80tasini tutish osonroq", - deydi Shurin.
Mavzuga oid
16:01
Kolumbiya Kongressi jangchilar yollash faoliyatini taqiqladi
23:47 / 09.11.2025
Kolumbiya prezidenti Tramp va Rubioni “uyqudagi yaguarni uyg‘otmaslik”ka chaqirdi
10:39 / 25.10.2025
AQSh Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroga qarshi sanksiyalar joriy qildi
12:25 / 20.10.2025