Hodisa videosini hayvonot boği ma’muriyati öz Telegram-kanalida e’lon qildi.
“Hayvonot boğidagi jonivorlar – öyinçoq emas.
Faoliyatimiz butunlay jonivorlarning hayotini yaxşiroq va davomliroq qiliş, ulardan har biri uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan.
Taşrif buyuruvçi mehmonlarimiz iltimoslarimizga qaramay, boğimizdagi jonivorlarga kerakli tarzda munosabatda bölmaganini köriş juda qayğuli....
Masalan, kuni-keça yonida katta odam bor qizaloq Djudining voleriga toşlar va çöplar otgan, voler içiga kirib olib, ovqat bergandek aldagan.
Bunday qiliş mutlaqo mumkin emas! Birinçidan, Djudi – hayvonot boğimizning eng keksa jonivorlaridan biri va biz uni juda yaxşi köramiz. U begemotlarning qimmatli, yöq bölib ketayotgan turiga mansub. Ularning soni Yer kurrasida juda oz qoldi va dunyoning hamma hayvonot boğlari ham ularda pakana begemot yaşaşi bilan maqtana olmaydi.
Bundan taşqari, volerga öz vaqtida yetib kelgan xodimlarimiz bölmaganda, bu vaziyat qanday tugaşi noma’lum bölardi…
Aziz döstlar, jonivorlarimiz soğ-salomatligiga e’tiborliroq munosabatda böling va hayvonot boğida özini tutiş qoidalarini buzmang!
Axir, aksinça, odamlar, noyob pakana begemotlarni saqlab qoliş uçun qölidan kelgança urinişi kerak...” – deyiladi Toşkent hayvonot boğining murojaatida.
Şu kabi voqealar sabab nobud bölgan zoopark hayvonlari
Gazeta.uz'ning yozişiça, sönggi yillarda Toşkent hayvonot boğiga keluvçilar hayvonlarga yeb bölmaydigan turli narsalarni berişi ortidan qator noxuş holatlar kuzatilgan.
2016 yilda Boy laqabli Nil daryosi timsohi ölib qolgan, uning oşqozonidan öyinçoq çiqqan. Öşa vaqtda jirafaning oxuridan 20 santimetrli töquvçilar ignasi topilgani haqida xabar berilgan.







