Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh mudofaa vaziri Yaponiya va Janubiy Koreyani “yarashtirib” qo‘yadimi?
Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada Osiyodagi ikki mamlakatga birinchi xorijiy tashrifi bilan kelgan AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis mamlakatlar o‘rtasida “hamkorlikni mustahkamlashga harakat qilishidan” umidvor. Bu haqda Reuters xabar berdi.
“Osiyo-Tinchokeani mintaqasida xavfsilik sohasidagi vaziyat juda jiddiy, - degan Inada. – Janubiy Koreya bizning muhim qo‘shnimiz sanaladi. Men Mettisning Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrifi hamkorlikni mustahkamlashiga umid qilmoqdaman”.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasida o‘tgan oyda diplomatik mojaro yuzaga keldi. Seuldagi Yaponiya elchisi Yaponiya konsulligi oldida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollarga atab haykal o‘rnatilganidan so‘ng chaqirib olindi. Shu tariqa Janubiy Koreya Ikkinchi jahon urushi paytida yapon militaristlari koreyalik ayollardan jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanganliklarini eslatib qo‘ydi.
Biroq turli tarixiy kelishmovchiliklarga qaramay, Yaponiya va Janubiy Koreya AQShning muhim ittifoqdoshi sanaladi hamda “umumiy dushmanga” egalar – bu Shimoliy Koreya.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026