Erdo‘g‘an Turkiya va Ukraina do‘stligining «mustahkam poydevori» haqida fikr bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, Turkiya-Ukraina do‘stligi mustahkam poydevorga suyanadi. Bu haqda ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan Erdo‘g‘anning Pyotr Poroshenkoga yo‘llagan tabrik maktubida so‘z yuritilgan, deb xabar qilmoqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati.
«Mintaqaviy va xalqaro maydonda bizlar duch kelgan chaqiriqlar, turk-ukrain do‘stligi mustahkam poydevorga asoslanishini yana bir bor isbotladi, bizning har bir sohadagi hamkorligimiz yanada chuqurlashdi», — deya Erdo‘g‘an so‘zlarini keltiradi Ukraina prezidenti matbuot xizmati.
Turkiya rahbari, shuningdek, uning yaqin oylarda Ukrainaga rejalashtirayotgan tashrifi o‘zaro munosabatlarga yangi turtki beradi.
O‘z navbatida, Poroshenko 25 yillik munosabatlar davrida o‘zaro bordi-keldi sezilarli kengayganini qayd etgan.
«Yana bir muhim jihat shundan iboratki, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikka qaratilgan izchil siyosat doirasida so‘nggi 25 yil mobaynida Ukraina va Turkiya Respublikasi o‘rtasida insonlar aloqalari kengaygan. Bunga, jumladan, mamlakatlarimiz o‘rtasida vizasiz bordi-keldini joriy qilish ham imkon berdi», — degan Poroshenko.
Mavzuga oid
19:38 / 01.11.2024
Ukrainani qo‘llash yoki sotqinlik - AQShdagi saylovlardan nima kutish mumkin?
18:09 / 01.11.2024
KXDR Rossiyani «muqaddas urushda» qo‘llab-quvvatlaydi – KXDR tashqi ishlar vaziri
14:10 / 01.11.2024
Ukraina Xitoy va Braziliya tashabbuslarini ko‘rib chiqishi mumkin
09:30 / 01.11.2024