Jahon | 14:43 / 04.02.2017
15594
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh sanksiyalaridan keyin harbiy mashqlar boshladi

Eron islom inqilobi posbonlari korpusi AQSh Tehronga nisbatan ballistik raketa sinovi tufayli sanksiya kiritganidan so‘ng harbiy mashqlar boshladi. Bu haqda Sepahnews xabar bermoqda.

Semnan viloyatidagi mashqlar “sanksiyalarga nisbatan nafrat” nomi ostida o‘tkaziladi. Ularda turli raketa qurilmalari, jumladan, “Sayyod-2” va “Tebes”lar namoyish etiladi.

Shuningdek, mashqlar davomida katta va o‘rta masofadagi radiolokatsiya tizimlaridan foydalaniladi.

Avvalroq Eron AQShga nisbatan javob sanksiyalarini kiritishi xabar qilingandi. 

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis esa Eronni terrorchilikning eng katta homiylaridan biri, deb atadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid