Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Tramp biznesini boshqarayotgan trast rahbarini aniqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z biznesi boshqaruvini ishonib topshirgan trastni uning o‘g‘li va kompaniyasining moliyaviy direktori boshqaradi, deb yozmoqda The New York Times.
Nashr ixtiyoriga kelib tushgan hujjatga ko‘ra, trastni Amerika prezidentining o‘g‘li Donald Tramp kichik va Trump Organization kompaniyasining moliyaviy direktori Allen Veysselberg boshqaradi.
Donald Tramp yanvar oyida prezidentlik davrida kompaniyasi boshqaruvidan vaqtincha ketishi va uning boshqaruvini o‘g‘illariga topshirishini, aktivlarini esa trast kompaniyasiga berishini aytgandi. Bunda Tramp mlrdlab dollarga baholanadigan aktivlaridan voz kechmagandi. Bu esa, uning tanqid qilinishiga hamda o‘zining prezidentlik vakolatidan shaxsiy boyligini orttirishda foydalanishi mumkin, deya taxminlar bildirilishiga sabab bo‘lgandi.
Nashrning yozishicha, trast shartlari o‘zgarib qolishi sababli, kompaniya daromadlari va kamomadlaridan ma'lumot olib turuvchi prezident trast boshqaruvchilariga nisbatan qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, aslida davlat rahbari o‘z biznes imperiyasidan voz kechgani yo‘q. Bundan tashqari, The New York Times gazetasining qayd etishicha, mavjud ma'lumotlarga binoan, trast prezident Trampning ijtimoiy sug‘urta raqamiga rasmiylashtirilgan.