The Telegraph: «Putinning Poroshenko urushni pul tufayli boshlaganiga ishonchi komil»
«Vladimir Putin Vengriya yetakchisi Viktor Orban bilan uchrashuv davomida Ukraina mamlakat janubi-sharqida AQSh yangi prezidenti e'tiborini tortish uchun harbiy harakatlarni olib borayotganini aytib o‘tdi, - deb xabar beradi Budapeshtdan The Telegraph nashri muxbiri Robert Olifant. – Kiyev mablag‘larga ehtiyoj sezmoqda va ularni faqatgina harbiy harakatlarni kuchaytirish orqali olish mumkinligini yaxshi tushunadi».
«Putinning fikricha, ukrainalik harbiylar bu holatda xuddi qurbondek ko‘rinishlari lozim – bu Amerikani Ukrainadagi mojaroga tortish bo‘yicha nazariy imkoniyatni beradi. Kreml egasi Ukraina harbiy kuchlari va ular bilan ixtilofga kirganlar o‘rtasidagi jangovar harakatlarning hozirgi keskinlashuvi aniq bir shaxsning buyurtmasi tomonidan amalga oshirilganiga va uning ismi – Pyotr Poroshenko ekaniga ishonchi komil».
Jurnalistning ta'kidlashicha, «jangovar harakatlar Avdeyevka aholi punktini o‘qqa tutish bilan boshlandi va unda tomonlar bir-birini ayblamoqda».
Mavzuga oid
23:26 / 26.09.2024
Tramp urushni to‘xtatish uchun «har qanday bitim»ga bormayotgan Zelenskiyga qarshi hujumga o‘tdi
18:35 / 26.09.2024
Vuhledar, Selidove, Toretsk. Ukraina uchun frontning qaysi nuqtasidagi vaziyat eng og‘iri?
15:17 / 26.09.2024
Ukrainaning “g‘alaba rejasi” amalga oshadimi? Tahlilchilar bahsi
11:30 / 26.09.2024