Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 19 kishi qor ostida qolib halok bo‘ldi
Afg‘onistonda yog‘ayotgan kuchli qor kamida 19 kishini hayotdan olib ketdi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyati hududida tabiiy ofat tufayli 17 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib ketilgan.
Odamlar tog‘ ko‘chkisi oqibatida uylarni qor bosib qolishi hamda yo‘llarda muzlash tufayli ro‘y bergan YTH oqibatida halok bo‘lishgan. Mamlakat markazidagi asosiy magistral kuchli qor tufayli yopilgan.
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga ham kuchli qor yog‘moqda. Hukumat ofislari yopilgan. Badaxshon viloyati hududida 12 tuman tashqi dunyodan butkul uzilgan, qutqaruvchilar yo‘llarni tozalashga urinmoqda.
Kobul-Qandahor yo‘lida 250ga yaqin avtomobil va avtobuslar to‘xtab qolgan. Bu yo‘lni 2 metr qalinlikdagi qor qoplagan.
Bundan oldinroq, Pokistonda qor ko‘chkisi oqibatida 14 kishi halok bo‘lib, o‘ndan ortiq kishi jabrlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026