Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShIDning Al-Bobdagi gubernatori Turkiya aviatsiyasi hujumi natijasida o‘ldirildi
Suriyaning Al-Bob shahriga IShID tomonidan gubernator sifatida tayinlangan Abu-Xolid Urduniy Turkiya Harbiy havo kuchlari samolyotlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti harbiylar orasidagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
«IShIDning Al-Bobdagi gubernatori 3 fevral kuni berilgan havo zarbalari orqali yo‘q qilindi. Undan tashqari tashkilotning 32 nafar terrorchisi Turkiya HHK samolyotlari hujumi orqali o‘ldirilgan. Bu raqamlar terrorchilarning radioaloqalarini kuzatish orqali tasdiqlangan», — deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) muxolifat alyansi Suriyaning Raqqa shahriga hujumning yangi bosqichi boshlanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:35 / 20.01.2025
Vatikan tarixida birinchi marta ayol kishi gubernator bo‘ladi
08:32 / 05.04.2024
Murmansk viloyatida gubernatorga pichoq bilan hujum qilindi
11:14 / 26.07.2023
Rossiyada gubernatorlarga harbiy kompaniyalar tashkil etishga ruxsat berilishi mumkin
23:56 / 22.01.2020