Murmansk viloyatining Apatiti şahrida erkak kişi piçoq bilan viloyat gubernatori Andrey Çibisga hujum qildi. Jinoyatçi amaldorga mahalliy aholi bilan uçraşuvdan söng madaniyat markazidan çiqib ketayotganda yaqinlaşib, uning qorniga piçoq sançdi, deb yozadi 4 aprel, payşanba kuni «Murmanskiy vestnik» naşri.
Çibis kasalxonaga yotqizilgan - uning ahvoli haqida batafsil ma’lumot berilmadi, biroq OAV ma’lumotlariga köra, u maşinaga özi piyoda bora olgan. RBK gubernator matbuot xizmatiga tayanib, unda jarrohlik amaliyoti ötkazilişi mumkinligini yozmoqda.
Hujum qilgan erkak qölga olindi, u Apatiti şahrida yaşovçi 42 yoşli fuqaro bölib çiqdi, deb yozadi mahalliy OAV. Uşlaş paytida u oyoğidan yaralangan. Erkakning maqsadi noma’lum.
Çibis mintaqadagi «renovatsiya» uçun tanqid qilingan
Andrey Çibis «Yagona Rossiya» partiyasi a’zosi, 2019 yil sentabridan Murmansk viloyati gubernatori lavozimida işlab kelyapti. Tegişli saylovlarga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Çibisni viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi etib tayinlagan.
Çibisdan oldin bu lavozimda Marina Kovtun bölgan, ammo 2019 yil mart oyida u Putindan iste’foga çiqişni söradi, bu RF bir qator mintaqalari rahbarlarining boşqa şunga öxşaş iltimoslari bilan birga sodir böldi - Rossiya ommaviy axborot vositalari bunday tendensiyani «gubernatorlar qulaşi» deb atadi.
Çibis boşqaruvi davrida Murmansk viloyatida «renovatsiya» deb atalgan jarayon boşlandi, bu mintaqadagi portlar va yopiq harbiy şaharçalarga ham ta’sir körsatdi. 2023 yilda Rossiya hukumati Murmansk viloyatida uşbu tadbirlarni ötkaziş tezligi yetarli emasligini qayd etdi, deb yozgan RBK avvalroq. Şu bilan birga, Çibis tegişli yiğilişda uşbu çora-tadbirlar uçun kamida 283,5 milliard rubl kerak bölişini ma’lum qildi.












