Xususan, ular Rossiya hududlariga özlarining harbiylaştirilgan kompaniyalarini taşkil etiş va ularni qurollantiriş imkonini beruvçi qoidani öz içiga oladi.
Uşbu özgartiriş gubernatorlarga xavfsizlik kuçlarini qöllab-quvvatlaş, davlat çegarasini qöriqlaş, safarbarlik, harbiy holat yoki uruş davrida qöriqlaş va razvedka guruhlari hamda noqonuniy qurolli guruhlarga qarşi kuraşiş uçun davlat unitar korxonalarini taşkil etiş imkonini beradi.
Şu bilan birga, bunday kompaniyalar federal va mintaqaviy budjetlar hisobidan moliyalaştiriladi.
«Agenstvo» naşrining yozişiça, şu orqali Rossiya parlamenti birinçi öqişdan ötgan, bir-biriga boğliq bölmagan qonun loyihasini ikkinçisiga qöşiş mexanizmini faollaştirdi.












