O‘zbekiston | 16:52 / 06.02.2017
5269
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov YeTTB banki boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjyenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta'kidlandi.

Muloqot davomida YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi kun tartibi, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid