Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya quyi palatasi spikeri Trampni parlamentga qo‘ymaslikka va'da berdi
Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi spikeri Jon Berkou AQSh prezidenti Donald Trampga Britaniya parlamentida nutq so‘zlashiga ijozat bermasligini aytdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
"AQShga muhojirlar kirishi taqiqlangungacha men Trampning Vestminster saroyida chiqishiga qarshi chiqayotgandim. Prezident Tramp tomonidan taqiqlov kiritilgandan keyin men uning Vestminster saroyida chiqishiga yanada kuchliroq qarshi chiqmoqdaman", deb aytgan Berkou.
Berkouning aytishicha, quyi palata irqchilik, jins bo‘yicha ustunlikni tan olmaydi, biroq hammaning qonun oldida tengligini qo‘llab-quvvatlaydi.