Sport | 09:20 / 06.02.2017
12769
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik tennischi jahl ustida hakamning ko‘zini to‘p bilan "poyladi"

Tennis bo‘yicha Buyuk Britaniya terma jamoasi Devis Kubogi jahon guruhining chorakfinaliga chiqdi. Britaniyalik tennischilar nimchorak finalda Kanada terma jamoasini 3:2 hisobda yutdilar.

Bellashuvning hal qiluvchi uchrashuvida Denis Shapovalov (Kanada) va Kayl Edmund (Buyuk Britaniya) to‘qnash keldilar. Birinchi ikki set britaniyalik foydasiga 6:3, 6:4 hisobida hal bo‘ldi. 3-setda hisob 1:1 bo‘layotganda Edmund raqibining uzatmasida breykni amalga oshirdi.

Bundan jahli chiqqan Shapovalov raketka bilan to‘pga urib, u bilan uchrashuvning bosh hakami, fransuz Arno Gabaning ko‘ziga tekkan. Gabaga birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin Kanadaga ushbu qo‘pol harakat sababli texnik mag‘lubiyat berildi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid