Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Tramp NATOning may oyidagi sammitida ishtirok etadi
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotidan so‘ng, tashkilot davlat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etishga rozilik bildirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Prezident Tramp NATOga a'zo mamlakatlar rahbarlarining may oyi oxirida Yevropada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida qatnashishga rozilik bildirdi», — deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, Tramp alyans bosh kotibi bilan Amerikaning NATOni qo‘llab-quvvatlashi masalasini muhokama qilgan.
«Ikki yetakchi tashkilotning barcha a'zosi o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarishlari uchun nima qilish kerakligi borasida ham fikr almashishgan», — deyiladi xabarda.
Tomonlar NATO duch kelayotgan barcha chaqiriqlarga barham berish maqsadida qalin hamkorlik qilishga va sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olishgan.
Tramp va Stoltenberg, shuningdek, Ukraina chegarasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.