Jahon | 08:26 / 06.02.2017
2631
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada 500 ming kishi hukumatning iste'fosini talab qilib ko‘chalarga chiqdi

Foto: Reuters

Ruminiyada 500 ming kishi hukumatning harakatlariga norozilik sifatida ko‘chalarga chiqdilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, mamlakatda 1989 yildagi inqilobdan keyingi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Norozilar hukumatning iste'fosini talab qilmoqdalar. O‘z navbatida, mamlakat bosh vaziri Sorin Grindyanu lavozimini tark etmasligini aytgan.

Avvalroq Ruminiya hukumati ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan jinoyat kodeksiga tuzatishlar va amnistiya haqidagi farmonni bekor qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid