Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad AQSh va Rossiya hamkorligining Suriyaga ta'siri haqida gapirdi
Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh va Rossiya hamkorligi butun jahonga, shu jumladan, Suriyaga ham foyda keltirishi haqida ma'lum qildi.
«Biz Tramp tomonidan saylovoldi kampaniyasi vaqtida terrorchilik, ayniqsa, IShID bilan kurash ustuvor vazifa bo‘lishi haqida ko‘plab va'da berilganiga guvoh bo‘ldik. Biz buni olti yil davomida amalga oshirish borasida taklif bildirgandik», - deya Asadning so‘zlaridan iqtibos keltiradi SANA.
Shu bilan bir qatorda, uning ta'kidlashicha, qandaydir aniq rejalar haligacha qabul qilinmagan.
«Gap AQSh va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik haqida borishi mumkin. Biz bu butun dunyo, shu jumladan, Suriya uchun foydali bo‘ladi, degan fikrdamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Suriya yetakchisi.