Sport | 12:45 / 07.02.2017
5805
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa grandlari Aguero uchun raqobat boshladi: Ispaniyada yana bir da'vogar

«Real» ortidan «Barselona» ham «Manchester Siti» jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni transfer qilish uchun harakat boshladi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, argentinalik bu hujumchi jamoasining asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgach, ispan grandlarining e'tibori unga qaratildi. «Real» ancha vaqtlardan buyon ushbu futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib keladi, ammo kataloniyaliklar klubi yetakchisi Lionel Messi ham o‘z do‘sti bilan bir jamoada o‘ynashni istaydi.

Bundan avvalroq Aguero mavsum oxiriga qadar «Manchester Siti»ga yordam berishda davom etishini, yozda esa kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishini aytgandi. Ushbu 28 yoshli futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi muddati 2019 yilga qadar. Joriy mavsumda u APLning 18 o‘yinida maydonga tushib, 11 gol urgan (3tasi penaltidan).

Bundan oldinroq ushbu hujumchiga «PSJ» va «Chelsi» ham jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid