Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy Note 7 telefonlaridagi muammolar sababi fosh etildi
Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligi Samsung Galaxy Note 7 bilan bog‘liq muammolar sababini aniqlash uchun o‘tkazilgan tergovi natijasini chop etdi. Bu haqda Korea Herald nashri ma'lum qiladi.
Vazirlik xisobotida aytilishicha, ba'zi bir smartfonlarda izolyatsiya qatlami mavjud bo‘lmagan. Shu sabab elektrodlar ishdan chiqqan, qurilma qizib portlagan.. Bundan tashqari, bir qator akkumulyatorlar izolyatsiyasida kamchiliklar aniqlangan.
Muammoli batareyalar ikkala ishlab chiqaruvchi – Samsung SDI (Janubiy koreya bo‘limi) va ATL’da ham bo‘lgan. Kompaniyalar mustaqil ravishda qurilmalardagi muammolar sababini topa olmaganlar.
Samsung’ning ta'kidlashicha, smartfonlarning yonib ketishiga sabab e'lon qilingan ko‘rsatkichlarga mos kelmagan batareyalar bo‘lgan. Xulosa shundan iboratki, batareyalarning bir qismi izolyatsiya qatlamisiz ishlab chiqarilgan, ba'zi akkumulyatorlarda manfiy elektrod ultratovushli payvandlash vaqtida lat yegan bo‘lgan.
Korea Test Laboratory laboratoriyasi ham hademay o‘zining bu boradagi izlanishlari natijasini taqdim etadi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026