Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp shtatlar sheriflarini Oq uyga uchrashuv uchun taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp taxminan o‘n nafar sherifni Oq uyga taklif qildi. Ular bilan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga aloqador, jumladan, muhojirlikni cheklash masalalari muhokama etiladi, deb xabar berdi The Huffington Post.
Ta'kidlanishicha, delegatsiya tarkibidan terrorchilar “mamlakatga Amerika-Meksika chegarasi orqali kirib kelgan”, deb taxmin bildirgan Vayoming shtati sherifi, Trampga cheksiz hurmati bilan mashhur bo‘lgan Texas sherifi va AQSh prezidentini “vatanparvarlik bahori uchun” maqtagan Minnesota shtati sheriflari ham o‘rin olgan.
Ishtirokchilar ro‘yxatini taqdim etgan milliy sheriflar assotsiatsiyasi vakili uchrashuvda muhojirlik masalasiga katta e'tibor qaratilishini bildirib o‘tgan. Sheriflar, shuningdek, qamoqxonalardagi mahbuslarning ruhiy holati va federal hukumatga mahalliy huquq-tartibot organlariga harbiy anjomlarni yetkazib berish imkonini beruvchi dasturni ham muhokama qilishadi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026