BMT: Yamanda 10 milliondan ortiq inson ochlikka duch kelishi mumkin
BMT Yamanning 12 million aholisiga yordam tariqasida 2,1 milliard AQSh dollarini ajratishga chaqirmoqda. U yerda mamlakatdagi ikki yillik urushdan so‘ng ochlik xavfi bor, deb xabar berdi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi.
"Yamandagi ikki yillik urush mamlakatni butkul xonavayron qildi, millionlab bolalar, ayollar va erkaklar bizning yordamimizga muhtoj. Ular xalqaro ko‘maksiz 2017 yil davomida ochlik xavfiga duch kelishlari mumkin. Men moliyalashtiruvchi tashkilotlarni ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bu ishlar ko‘lamini kuchaytirishga chaqiraman", - deyiladi BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha bosh kotibi o‘rinbosari Stiven O'Brayyenning xabarida.
Yamanda 2014 yildan beri qurolli mojaro ro‘y bermoqda, uning davomida bir tomondan “Ansorolloh” shialar harakatidan bo‘lgan isyonchi-husiylar va sobiq prezident Ali Abdulla Solih tarafdorlari, boshqa tomondan esa – hukumat qo‘shinlari va prezident Abd Rabbu Mansur Hodiyni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar ishtirok etmoqda. Hukumat havo va yerdan turib Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi ko‘magini olmoqda.
Mavzuga oid
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
13:30 / 30.09.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
17:30 / 29.09.2024
“Ikki standartlilik bo‘lmasligi kerak” – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi
15:00 / 28.09.2024