Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izmirlik o‘quvchilar Suriyada jang qilayotgan turk askarlariga xat yo‘llashdi
Izmirdagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari "Frot qalqoni" operatsiyasida ishtirok etayotgan turk askarlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga maktub yozishdi. Bu haqida DailySabah nashrida xabar berildi.
Oxirgi oyda Osmangazi boshlang‘ich maktabi o‘quvchilari va muallimlari askarlar uchun materiallar, shuningdek she'rlar, maktublar va rasmlar to‘plashdi. Shundan so‘ng bularning barchasi Gaziantep aeroportiga yetkazilgan hamda Turkiya sharafini himoya qilayotgan askarlarga jo‘natilgan.
Maktab muallimi Gerchek Gyuverchin maktublar kichik o‘quvchilarning "katta qalblari"dan chiqarib yozilganini aytdi.
Al-Bab yaqinida jang qilayotgan turk askarlari Izmirning bunday qo‘llab-quvvatlashidan juda ta'sirlanishgan, shu bois bolalarga minnatdorchilik bildirilgan javob maktublarini yo‘llashgan.
Askarlardan birining maktubidan shunday deyiladi: "Al-Babdan salom. Sizlardan ko‘pdan-ko‘p minnatdormiz. Siz bizga ma'naviy kuch berdingiz va behad baxtiyor qildingiz. Umid qilamanki, mamlakatimiz bundan-da xavfsiz, baxtli va chiroyli kunlarni ko‘radi. Siz bizning mamlakatimiz kelajagisiz".
Bundan tashqari, askarlar o‘quvchilardan olgan yeguliklar, kiyim-kechaklar va kartinalar suratlari bilan bo‘lishishgan.
O‘quvchilar askarlardan javob xati kelganidan xursand bo‘lishdi va ushbu xayrli ishni davom ettirishni niyat qilishdi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026