Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Misr hududidan uchirilgan raketalarni urib tushirdi
Isroilning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Misrning Sinay yarimoroli hududidan uchirilgan bir nechta raketalarni urib tushirdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Raketalar Sinay hududidan Isroil tomon uchirilgan. "Temir gumbaz" raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi ulardan bir nechtasini urib tushirgan", deb ma'lum qilindi xabarda.
Eylate kurort shahri va uning atrof hududlari o‘qqa tutilishi sababli havo trevogasi faollashtirilgan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan, harbiylar hududni ko‘zdan kechirib chiqishgan.
2015 yil iyulida Sinaydan otilgan raketa Isroil janubiga kelib tushgan. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmagandi. Bu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
00:14 / 29.06.2026