Jahon | 08:53 / 09.02.2017
11342
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada qancha yadro kallagi bo‘lishi mumkinligi aytildi

Foto: AP

Shimoliy Koreya kamida 60dan ortiq yadro kallagini yaratishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Janubiy Koreya OAVga asosan xabar berdi.

AQSh va Janubiy Koreya razvedkasi maxfiy ma'lumotlariga asosan xabar berayotgan ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya 2016 yilning oxirida taxminan 758 kilogramm yuqori to‘yintirilgan uran va 54 kilogramm plutoniyga ega bo‘lgan.

Avvalroq OAVlari Shimoliy Koreya ikkita qit'alararo ballistik raketani qurgani hamda ularni mobil uchirish qurilmalariga o‘rnatgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid