Jahon | 10:45 / 09.02.2017
5740
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya uzoq masofaga zarba bera oladigan raketa tizimini barpo etmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya raketasozligining yangi mahsuloti — Bora ballistik raketasi 1000 km.gacha bo‘lgan masofadagi nishonga zarba bera oladi. 

2009 yil oxiridan Turkiyaning "Roketsan" kompaniyasi uzoq masofaga uchuvchi raketalarni barpo qilish loyihasi ustida ish olib bormoqda. Dastur Bora deb nomlangan. Ayrim ekspertlarning fikricha, ushbu raketa 1000 km.gacha parvoz qila olishi mumkin, deb yozadi Defense News.

Ushbu raketa Turkiya mudofaa vazirligi buyurtmasi asosida ishlab chiqilmoqda. Hozircha, tayyorlik darajasi noma'lum. Turkiya mudofaa vazirligi saytida joylashtirilgan "dastur maqomi" bandida yetkazib berishlar loyiha jadvaliga asosan amalga oshirilishi qayd etilgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Turkiya uzoq masofaga ucha oladigan ballistik raketasini ishlab chiqish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirsa, mintaqada keskinlik ortadi va qurollanish poygasiga sabab bo‘ladi. 

Hozirda Turkiyaning quruqlikdagi qo‘shinlari ixtiyorida dushman inshootlariga 120 km. masofadan boshqarilmaydigan va boshqariladigan raketalar yordamida zarba berish imkonini beruvchi aslahalar bor. Bundan tashqari, Turkiyaning J-600T "Yildirim" operativ-taktik raketa kompleksi 150 km. uzoqlikdagi nishonni ura oladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 600 mm.li raketaga ega bu tizim 300 kilometrdan ortiq masofani ortda qoldirishi ham mumkin. Taxmin qilinishicha, Bora raketasi ham uning negizida barpo etilmoqda. 

Umuman, xuddi shunday uzoq masofaga ucha oladigan ballistik raketa Shimoliy Koreya chizmalari asosida Eronda ham ishlab chiqildi. Pentagon ma'muriyatiga ko‘ra, 2017 yil 29 yanvarida Eron tomonidan sinalgan ballistik raketa shimoliy koreyaliklar yordamida ishlab chiqilgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid