Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun hazili: Alisher Usmonov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida matbuot kotibi
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi saytida elchixonaning yangi birinchi kotibi tayinlangani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. U matbuot bilan shug‘ullanadigan bo‘limga rahbarlik qiladi.
1News.uz saytining yozishicha, bu kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor, Rossiyaning eng nufuzli oligarxlaridan biri Alisher Usmonovdir.
Lekin saytda Alisher Usmonov Burxonovich emas, Alisher Usmonov Hamidxonovich ismi sharifi keltirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida bergan intervyularidan birida Alisher Usmonov O‘zbekistonga foyda beradigan barcha narsani qilishga tayyorligi haqida aytib o‘tgandi.
U O‘zbekistonning soliq rezidentiga aylanishga tayyorligini ma'lum qildi, shuningdek, mamlakatdagi loyihalarga investitsiya kiritish va bu yerda xayriya jamg‘armasi tashkil qilish niyati haqida gapirib bergandi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025