Jahon | 17:33 / 10.02.2017
3305
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va Ukraina o‘zaro viza tartibini soddalashtiradi

Foto: Anadolu

Turkiya va Ukraina viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavusho‘g‘li ukrainalik hamkasbi Pavel Klimkin bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida so‘z yuritgan. 

«Biz o‘zaro bordi-keldi va sayyohlar sonini oshirishga hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga harakat qilayapmiz. Turkiya va Ukraina o‘rtasida vizasiz tartibni joriy qilishga tayyorgarlik jarayoni yakunlandi. Unga binoan, ikki mamlakat fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan davlat chegaralarini kesib o‘tishlari mumkin. O‘ylaymanki, chegarani kesib o‘tishning soddalashtirilgan tizimi yozgacha to‘liq ishga tushadi», - deb qayd etgan Chavusho‘g‘li.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid