Jamiyat | 21:31 / 10.02.2017
14270
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimlari yong‘inni gaz bilan o‘chiradigan uskuna ixtiro qilishdi

O‘zbek olimlari yong‘in o‘chirish xususiyatiga ega bo‘lgan gazli konteyner uchun O‘zbekiston intellektual mulk agentligidan patent olishdi.

Mazkur ixtiro yong‘in o‘chirish texnikasida qo‘llanilib, pirotexnikadan foydalanmay turib ishlay oladigan, yong‘in o‘chiruvchi gazni bir maromda o‘tish yo‘li bilan yong‘inni o‘chira oladigan gazli konteynerdir.

"Ushbu silindr shaklidagi konteyner korpusdan iborat bo‘lib, korpusning old qismida zarbli mexanizm o‘rnatilgan", deb xabar berilgan O‘zbekiston intellektual mulk agentligi matbuot xizmatida.

Ixtiro hammualliflari Baxtiyor Mavlyankariyev, Hayot Sharipov, Yuriy Bobilev, Bahodir Hotamov, Andrey Pen va Erkaboy Sobirovga ushbu ixtiro uchun IAP 05316 raqamli patent berilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid