Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Maxsus xizmatlar Trampni obro‘sizlantiruvchi hujjatlarning bir qismini tasdiqladi
AQShning CNN telekanali xabar qilishicha, Amerika maxsus xizmatlari prezident Donald Trampni obro‘sizlantirishga qaratilgan hujjatlar to‘plamining bir qismini tasdiqlagan. Telekanal huquq-tartibot va razvedkadagi ko‘plab anonim manbalariga asoslangan holda shu haqda bayonot bermoqda. Oq uy ma'muriyati, yana bir bor bu kabi ta'kidlarni inkor etgan.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan avvalroq, BuzzFeed portali Rossiya Trampga nisbatan fosh qiluvchi ma'lumotlarni to‘plaganiga doir hisobotni e'lon qilgan edi.
Keyinchalik, The Wall Street Journal nashri, mazkur hujjat Londondagi xususiy xavfsizlik firmasi tomonidan tuzilganini yozgandi. Kreml ma'muriyati bu kabi ma'lumotlarni hech kimga nisbatan to‘plamasligini aytgan bo‘lsa, Trampning o‘zi yangiliklarni keskin ko‘rinishda rad etib, gap "soxta xabarlar" haqida borayotganini ta'kidlagandi. U, shuningdek, bu mashmashalarni siyosiy raqiblarining ishi deb aytgan va uning obro‘siga putur yetkazish bo‘yicha urinishlarni "natsistlar Germaniyasidagi tartiblar"ga qiyoslagan edi.
AQSh rahbari matbuot kotibi Shon Spayser Trampga nisbatan ayblovlarni rad etdi. "CNN telekanalining soxta xabarlari hamon bizning nafratimizni uyg‘otmoqda", — degan Spayser.
Shu bilan birga, FQB, AQSh adliya vazirligi, MRB va Milliy razvedka direktori idorasi bu xabarlarni izohlamagan.