Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamburg aeroportida 50 kishi gazdan zaharlandi
Germaniyaning Hamburg shahri aeroportida favqulodd holat ro‘y berib, kamida 50 kishi noma'lum gazdan zaharlandi va evakuatsiya qilindi. Xavfsizlik xizmati xodimlari ma'lum qilishicha, gaz sovutish tizimidan sizib chiqqan.
Aeroport hududidagi bir qancha kishilar nafas olishda qiynalayotganidan shikoyat qilgan va noxush isni sezayotganini bildirgan.
Ayni vaqtda hududga tez tibbiy yordam xizmati vakillari yetib kelishgan va jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Barcha terminallardagi odamlar olib chiqilib, aeroport vaqtinchalikka yopilgan. Hududda o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmatlari ishlamoqda, mutaxassislar noma'lum gaz tarkibini o‘rganishmoqda.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026