Jahon | 22:45 / 12.02.2017
9421
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyaning Oltoy Respublikasida vertolyot quladi

Rossiyaning Oltoy Respublikasida "Robinson" ekskursiya vertolyoti quladi. U ruxsat olinmagan holda parvoz amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 12 fevralda respublikaning transport nazorati xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tegishli xizmatlar parvoz va uning yo‘nalishi haqida xabardor qilinmaganlar", deb aytdi agentlik manbasi. Uning aytishicha, vertolyot havoga ko‘tarilish vaqtida Teletskiy ko‘liga qulagan.  

"Ma'lumotlarga ko‘ra, xordiq chiqarayotgan 5 kishidan iborat guruh ko‘l ustidan uchib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq havoga ko‘tarilish vaqtida nimadir noto‘g‘ri ketgan va vertolyot suvga qulagan. Bu ma'lumot tekshirilmoqda", deb aytgan manba. Falokatga uchuvchi xatosi yoki vertolyot dvigateli tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Respublikaning qutqaruv xizmatlari vertolyotning ko‘lga qulagani haqidagi axborotni tekshirishmoqda. 

Avvalroq Rossiya tergov qo‘mitasining transportdagi G‘arbiy Sibir tergov boshqarmasi guvohlarning vertolyot qulagani haqidagi ma'lumotini tekshirayotgani ma'lum qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid