Janubiy Koreya KXDRning raketa uchirishidan keyin MXKning shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi
Janubiy Koreyada KXDRning Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirishi qattiq qoralandi.
Janubliklar bu hodisani Koreya yarimorolidagi xavfsizlik va tinchlikka tahdid sifatida baholadi hamda BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining qo‘pol tarzda buzilishi ekanini ta'kidladi.
Yonhap agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreyada Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda Janubiy Koreya TIV rahbari, Mudofaa vaziri hamda Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirlik rahbari, shuningdek, Milliy razvedka rahbari ishtirok etgan.
Shimolliklar raketani mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da (Toshkent vaqti bilan 03:55) uchirgan.
Janubiy Koreya tomonining aytishicha, raketa Shimoliy Koreyaning Pxyonan-Pukto viloyatidan uchirilgan. Raketa 500 km uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.
«Harbiylar bu raketa o‘rta masofalarga mo‘ljallangan «Musudan» yoki kichik masofalarga mo‘ljallangan «Nodon» turidagi raketalardan qaysi biri bo‘lganini aniqlashmoqda», deb aytilgan xabarda.
O‘z navbatida Yaponiya tomoni ham bu voqeaga munosabat bildirib o‘tdi va KXDRning raketa uchirishi mintaqa davlatlariga qarshi provakatsion harakat ekani qayd etildi.
Mavzuga oid
12:20
NYT: KXDR qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish g‘oyasi Pxenyandan chiqqan
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
09:12 / 23.12.2024
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
13:51 / 18.12.2024