O‘zbekiston | 15:31 / 13.02.2017
22561
2 daqiqa o‘qiladi

14 fevral O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 3-8 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 5-10, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid