Jahon | 18:57 / 13.02.2017
4117
2 daqiqa o‘qiladi

Har yili dunyoda 230 ming bolaga saraton tashxisi qo‘yiladi

Foto: RIA

Har yili dunyoda 200 mingdan ziyod bola saratonga yo‘liqadi, biroq bu ma'lumotlar yetarlicha baholanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiya idorasining yuqumsiz kasalliklar bo‘limi koordinatori Svetlana Yurasova RIA "Novosti"ga shu haqida ma'lumot berdi

"O‘tgan yili saratondan aziyat chekuvchi bolalarga oid ma'lumotlar yetarlicha baholanmagani ta'kidlangan edi. Bugunga kelib, har yili dunyo miqyosida 230 ming bolaga saraton tashxisi qo‘yilishi ma'lum qilindi. Bu ro‘yxatga  hatto 19 yoshga to‘lgan o‘smirlar ham kiritiladi. Umumiy hisobda aytish mumkinki, har yili 15 yoshdan kichik 215 mingga yaqin bola va 15-19 yoshli 85 ming bola saratonga yo‘liqadi. Shuni ta'kidlash joizki, har yili 100 mingga yaqin bola saratondan halok bo‘ladi", - dedi Yurasova. Shuningdek u sog‘liqni saqlash sohasiga katta daromad ajratuvchi mamlakatlarda kasallangan 10 boladan 8 nafari omon qolishini qo‘shimcha qildi. 

U muammo hisoblash tartibida ekanini qayd etdi: ko‘pincha rivojlanayotgan mamlakatlarda hisob-kitob olib borilmaydi, shuning uchun onkologik kasallikka yo‘liqqan bolalarning aniq sonini keltirish qiyin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid