O‘zbekiston | 14:00 / 13.02.2017
5332
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 26,4 milliard so‘mlik “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” suv o‘tkazgichi quriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston rahbari “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” suvni taqsimlash tarmog‘iga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichini qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni ma'qulladi. Loyiha 2017 yilning 1 iyul kuniga qadar amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 26,4 milliard so‘mga teng.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida “O‘zkommunxizmat” tomonidan ko‘zda tutilgan 10,4 milliard so‘mlik markazlashtirilgan investitsiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.  

Qoraqalpog‘iston davlat byudjyeti 5 milliard so‘m taqdim etsa, «O‘zbekiston temir yo‘llari» - 5,0 mlrd. so‘m va xayriya mablag‘lari – 6,0 milliard so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston Prezidenti investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi qatnashchilarga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid