Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 fevral O‘zbekistonda shamolli ob-havo kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026