Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ekologiya sohasida navbatdagi yirik tekshiruvlar boshlanadi
Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tekshiruvlarning navbatdagi bosqichida mamlakatning 18 ta shahariga havo iflslanishi darajasi va tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish uchun inspektsion guruhlar jo‘natadi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
15 fevraldan 15 martgacha Xitoyning shimoliy qismidagi 18 ta shaharga, jumladan, Pekin, Tyantszin va Tayyuanga umumiy hisobda 260 nafar inspektor yuboriladi.
O‘tgan yili xuddi shunday tekshiruvlar vaqtida tabiatni muhofaza qilish siyosatini buzganlik bo‘yicha 720 kishi ushlangan, yana 6454 kishi javobgarlikka tortilgan.
Xitoy hukumati 2017 yilda shahar va uyezdlardagi havo ifloslanganligi darajasini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 10 foizga qisqartirmoqchi. Shu bilan birga Pekinda, qo‘shni Tyantszin va Xebey viloyatida havodagi mayda zarralar miqdori 25 foizga kamayishi kerak.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026