Jahon | 22:14 / 14.02.2017
4896
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Latviyaga 350 nafar harbiy va texnika yuboradi

Ispaniya qurolli kuchlari Latviyaga 6 ta yangi Leopard 2E tanki, 10 tacha Pizarro bronetransportyori va 350 nafar harbiyni tashlashini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Delfi internet-portali.

"Extremadura mexanizatsiyalashgan piyoda askarlar brigadasidan 350 nafar kishi va harbiy texnika o‘zining Badaxosdagi doimiy joyidan ko‘chiriladi va Latviyada may o‘rtalarida Kanada boshchiligida o‘tadigan NATO harbiy mashg‘ulotlarida birinchi marta namoyish qilinadi", deb ma'lum qilingan xabarda.

2016 yil Varshavada o‘tgan NATO sammitida alyans Latviya, Litva, Estoniya va Polshada bu mamlakatlar iltimosi bilan ko‘p millatli batalonlarni joylashtirishga qaror qilgan. O‘shanda Latviyada joylashtiriladigan batalon kontingenti asosini Kanada, Litvada – Germaniya, Estoniyada – Buyuk Britaniya va Polshadagini AQSh taqdim qilishiga qaror qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid