Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil elchisi Misrni tark etishga majbur bo‘ldi
Foto: RIA
O‘tgan yilning oxirida Isroil o‘zining Misrdagi elchisini qaytarib oldi, bunga uning xavfsizligiga tahdid sabab bo‘ldi. Bu haqida Britaniyaning The Telegraph gazetasida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, David Guvrin Qudusdan turib ishlaydi, biroq Isroil hukumati uning tez orada Qohiraga qaytishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Isroil TIV bunga hech qanday munosabat bildirmadi.
Misr — Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan ikki arab mamlakatidan biri. 2011 yilda Isroilning Qohiradagi elchisi yahudiy mamlakat bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan namoyishchilar hujumiga yo‘liqdi. Diplomatik missiya xodimini qutqarish uchun Misr hukumati xavfsizlik organlarining maxsus bo‘limlarini jalb qilgan.
Mavzuga oid
20:54 / 28.04.2026
Zelenskiy Isroilni o‘g‘irlangan donni sotib olishda aybladi
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
08:37 / 24.04.2026