Hindiston sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha mutlaq jahon rekordini o‘rnatdi
Hindistonning fazoviy tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) orbitaga bir vaqtning o‘zida 104ta turli sun'iy yo‘ldoshni olib chiqib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Hindiston 2017 yilning 15 fevral kuni PSLV-C37 raketa-tashuvchisini omadli ravishda uchirdi. Uning yordamida orbitaga 104ta sun'iy yo‘ldosh chiqarildi. Bu esa fazogirlik tarixidagi mutlaq jahon rekordi sanaladi, deb xabar berdi Times of India nashri.
Raketa uchirilganidan 17 daqiqa o‘tib sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqara boshladi. Missiya hammasi bo‘lib yarim soat davom etdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hind fazogirlarini omadli parvoz bilan tabrikladi. U Twitter’dagi sahifasida shunday yozdi: "Bu Hindiston fazoviy tadqiqotlar tashkilotining omadi hamda butun millatimizning faxri. Hindiston o‘z olimlarini sharaflaydi".
104ta sun'iy yo‘ldoshdan 103tasi nanoyo‘ldoshlar bo‘lib, bir kilogrammdan o‘n kilogrammgacha og‘irlikka ega. Ularning 88tasi San-Frantsiskoda joylashgan Amerikaning Planet Labs xususiy kompaniyasiga tegishli hamda Dove deb atalib, 4,7 kilogramm og‘irlikka ega. Bunday sun'iy yo‘ldoshlarning asosiy maqsadi – Yer yuzasini tasvirga tushirish.
Tadqiqot tashkiloti ayni damda Geosynchronous Satellite Launch Vehicle-Mk III og‘ir sinfidagi raketa-tashuvchi uchun dvigatellar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. U yo‘ldoshlarni Yerning geostatsionar orbitasiga olib chiqishga ixtisoslashgan.
Mavzuga oid
14:25 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
15:07 / 27.09.2024
Festival fojiaga aylandi: Hindistonda 46 kishi cho‘kib ketdi, ularning aksariyati bolalar
22:19 / 24.09.2024