Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook an'anaviy televideniyega salohiyatli tahdid solmoqda
Yaqin orada Apple TV, Amazon Fire TV va Samsung Smart TV uchun videokontent ko‘rishga mo‘ljallangan ilova taqdim etiladi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Shuningdek kompaniya yana bir necha yangiliklar haqida e'lon qildi. Masalan, Facebook mobil ilovalaridagi videoroliklar endi avtomatik ravishda ovoz bilan ishga tushiriladi.
Video "suratda surat" funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ya'ni foydalanuvchi uni ko‘rish bilan bir qatorda yangiliklar lentasini ko‘zdan kechirishi mumkin bo‘ladi.
The Wall Street Journal nashrida ta'kidlanishicha, Facebook'ning videoga bo‘lgan qiziqishi reklama beruvchilar diqqatini jalb qilishga qaratilgan.
Reuters esa Facebook Live'ni "an'anaviy televideniyega salohiyatli tahdid" deya baholadi.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
19:22 / 03.11.2025
Oltin quymani bank mobil ilovasi orqali sotib olish tartibi belgilandi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
19:05 / 21.10.2025