Jamiyat | 15:06 / 16.02.2017
17025
2 daqiqa o‘qiladi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an umra ziyoratini amalga oshirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid Al Haromda umra ziyoratini amalga oshirdi. 

Erdo‘g‘an va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya tungi vaqtlarda kelib, Ka'ba atrofini aylangan, so‘ngra Safo va Marva tog‘lari o‘rtasida sa'y qilgan. 

Turkiya rahbari, xabarlarga ko‘ra, rafiqasi Amina, Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Xulusi Akar, iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi, TIV rahbari Mavlut Chavusho‘g‘li, energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Barot Albayroq va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hoqon Fidan bilan birga sunnat ibodatini amalga oshirgan. 

Erdo‘g‘an, bundan avval, Qatarga tashrifi yakunlangach, Saudiyaning Madina shahriga kelgan edi. 

Umra – Islom dinida Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromga borib, Ka'batullohni ziyorat qilish hamda Safo va Marva tog‘larida sa'y qilish bilan bog‘liq sunnat amaldir. Bu ibodat, asosan, haj oylaridan boshqa vaqtlarda bajariladi.

Mavzuga oid