Light | 18:09 / 16.02.2017
91179
4 daqiqa o‘qiladi

Saraton yengildi! Olimlar qo‘rqinchli kasallikni mag‘lub qilishdi

Tarixda birinchi marta inson hayoti genetik muhandislik tufayli omon qoldi. Yana shunisi muhimki, shifokorlar hujayra tuzilmasini modifikatsiyalash yo‘li bilan zamonamizning eng qo‘rqinchli kasalligini davolashga muvaffaq bo‘lishdi. Ikki qizchada o‘tkir leykozdan to‘liq remissiya natijasi kuzatildi. Ilm-fan butun insoniyat yo‘lini yoritish uchun imkon qadar harakat qilmoqda. Trendymen ushbu xushxabar bilan bo‘lishdi. 

Noodatiy yondashuv

Saraton kasalliklari bilan kurash olimlardan yanada ko‘proq izlanishlarni talab qiladi. Hozircha o‘simtani kafolatli yo‘q qiluvchi birorta vosita topilmagan. Biroq ikki bemorda sinalgan yangi usul juda yaxshi natijalarni ko‘rsatgan: shifokorlar bemorning shaxsiy hujayralarini modifikatsiyalab, ularni kasallik bilan kurashish uchun tanaga qaytarish yo‘lini o‘ylab topishdi. 

Hujayralarni modifikatsiyalash

Asosiy g‘oya bemor organizmidan immun hujayralarning olib tashlanib, genetik modifikatsiya qilinishi va tanaga qaytarilishidadir. Bu usulning sinovi butun dunyo bo‘ylab yo‘lga qo‘yildi. Ba'zan tadqiqotchilar genga T-hujayralarning tashqi tomonida joylashgan CAR19 nomli retseptorni qo‘shishadi. Bu maxsus T-hujayralar CD19 nomli oqsilli barcha hujayralarni topib, ularni o‘ldirishga dasturlashtirilgan. CD19 esa, o‘z navbatida, o‘tkir leykozni keltirib chiqaruvchi hujayralarda joylashgan. 

Leyla

Leyla Richards mazkur innovatsion usul sinab ko‘rilgan birinchi bemor bo‘ldi. Uch oylik qizcha limfa sohasidagi o‘tkir leykozdan aziyat chekkan va deyarli omon qolish imkoniga ega bo‘lmagan - kimyo terapiyasi va jarrohlik natija bermagan. 

Innovatsion usul sinovi

Londondagi Great Ormond Street Hospital shifoxonasi mutaxassislari Leylaning og‘ir ahvolidan xabar topishdi, bu yerda aynan hujayralar modifikatsiyasi ustida tajriba olib borilayotgan edi. Ota-onaning roziligini olgan olimlar Leylada mazkur usulni sinab ko‘rishdi (dastlab sichqonlarda sinalgan). 

Uzoq kutilgan remissiya

Nihoyat mo‘'jiza ro‘y berdi. Ilk tajribalardan bir oy o‘tgach, murg‘ak Leyla remissiyaning birinchi belgilari bilan ota-onasi va shifokorlarni xursand qildi. Asta-sekinlik bilan uning ahvoli barqarorlashdi va mana bir yarim yildirki, qizning organizmida leykozning birorta belgisi yo‘q. 

Kaysa

Hozirda matbuotga yangi usuldagi davolash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan ikkinchi bemorning ismi ma'lum qilindi. Kaysa ham juda yosh (unga 9 oyligida leykoz tashxisi qo‘yilgan), unda ham boshqa an'anaviy davolash muolajalari natija ko‘rsatmagan. Genetik muhandislik usuli esa uzoq kutilgan remissiyaga olib keldi: mana bir yildirki, qizcha  shifokorlar nazorati ostida yashab kelmoqda. 

Sog‘lom donorlar

Biroq, shuni ta'kidlash joizki, olimlar bundan avval genetik muhandislikda qo‘llangan usulni biroz o‘zgartirishdi. Leyla ham, Kaysa ham ularning organizmidan oq qon hujayralarini olib tashlash uchun haddan ziyod kichik edilar. Donorlar vazifasini qizchalarning hech qanday kasallikdan aziyat chekmagan yaqinlari o‘tashdi. 

Yorug‘ kelajak

Hozirning o‘zidayoq Great Ormond Street Hospital mutaxassislari bu tajribalar yoshidan qat'i nazar, turli bemorlarni davolashda universal usullarning gipotetik mavjudligini ko‘rsatganini ishonch bilan ta'kidlashmoqda. Hali oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, albatta, biroq istiqbol haqiqatda ham yorug‘ ekanligi kishini quvontiradi. 

Mavzuga oid