Qarorga köra, quyidagilar saraton kasalliklariga qarşi kuraşişning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
aholini eng köp uçraydigan (baçadon böyni, kökrak bezi, yöğon içak, oşqozon, prostata bezi va öpka) saraton kasalliklari böyiça maqsadli tibbiy tekşiruvlar bilan qamrab oliş körsatkiçini kamida 60 foizga yetkaziş;
aholi örtasida eng köp uçraydigan saraton kasalliklarini 1-2-bosqiçlarda aniqlaş darajasini 30 foizdan 40 foizgaça oşiriş;
aholi örtasida eng köp uçraydigan saraton kasalliklarini 3-4-bosqiçlarda aniqlaş darajasini 65 foizdan 55 foizga kamaytiriş va boşqalar.
2027 yil 1 yanvardan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va xalqaro ekspertlar iştirokida işlab çiqilgan Saratonga qarşi kuraşiş milliy dasturi (Dastur) asosida aholi örtasida oşqozon, yöğon içak (kolorektal), öpka va prostata bezi saratoni kasalliklarini erta aniqlaş va ularning oldini oliş çora-tadbirlari hududlarda bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Quyidagilar Dasturning ustuvor vazifalari etib belgilandi:
aholining saraton kasalliklari xavf omillari, dastlabki belgilari va oldini oliş usullari töğrisidagi xabardorligini oşiriş;
saraton kasalliklarining oldini oliş, erta aniqlaş, taşxislaş va davolaş tizimini takomillaştiriş;
tibbiy yordam sifatini oşiriş va ölim holatlarini kamaytiriş.












