Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Djiu–djitsu ustasi Trampning qo‘l siqishiga qarshi himoyalanish usulini ko‘rsatdi
AQShning Ohayo shtati Kolambus shahridagi Relson Gracie Braziliya yakka kurashi ustasi AQSh prezidenti Donald Trampning o‘ziga xos ko‘rishish uslubidan himoyalanish usulini namoyish qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar qilmoqda.
Qora belbog‘ sohibi bu borada «g‘oz bo‘yni» usulini qo‘llashni tavsiya qilmoqda. Shunday qilib, Amerika prezidenti bilan qo‘l berib ko‘rishib qolsangiz, bo‘sh qo‘lingiz bilan «raqib» kaftini to‘sib, uni qayirgan holda qo‘lingizni bo‘shatib olsangiz bo‘ladi.
«Ammo men hech kimni prezident bilan shunday qilishga chaqirmayapman», — degan yakkakurash ustasi.
Vice News nashri esa Donald Trampning ko‘rishish uslubiga e'tibor qaratgan. Oq uy rahbari qo‘l bilan ko‘rishganda qo‘lini o‘ziga kuchli tortadi va siltaydi. Masalan, AQSh prezidentining kuchini va qo‘l siqishini AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens, Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va boshqalar allaqachon sinab ko‘rishga ulgurgan.
Mavzuga oid
09:22
Rubio Zelenskiy bayonotini ochiqchasiga yolg‘on deb atadi
09:01
AQSh razvedkasi Eron arsenali bo‘yicha yangi ma’lumotni ochiqladi
07:43
AQSh armiyasi ekipajsiz ucha oladigan birinchi Black Hawk’ni qabul qildi
23:00 / 27.03.2026