Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston mamlakatda sodir etilgan teraktda Afg‘onistonni aybladi
Afg‘onistonning Islomoboddagi elchixonasi vakillari Ravalpindi shahridagi (poytaxt shaharning yo‘ldoshi) armiya qarorgohiga chaqirildi. U yerda ularga norozilik bildirildi. Bu Afg‘oniston hududidan Pokistonga qarshi terrorchilik hujumlarini tashkil etish maqsadida foydalanish tufayli ro‘y berdi, deb xabar qildi Pokiston armiyasining matbuot xizmati rahbari general-mayor Asif G‘ofur.
Bunday qarorga kelinishiga Pokistonning Sind viloyatidagi Saxvon shahrida joylashgan masjidda sodir etilgan terakt sabab bo‘ldi. Uning oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq inson jarohatlandi.
Terakt ro‘y bergach, Pokiston armiyasi shtabi boshlig‘i general Qamar Javod Bajva Islomobod mamlakatda kuzatilayotgan teraktlarga javob qaytarish niyatida ekanini ma'lum qildi. Pokiston tomoni sodir etilgan terakt tashkilotchilari Afg‘oniston hududidan harakat qilishganini xabar qilgan.
Afg‘on diplomatlariga, shuningdek, Islomobod tomonidan qidiruvda bo‘lgan 78 nafar terrorchi ro‘yxati taqdim etildi. Ular Afg‘onistonda yashirinishmoqda hamda Pokiston Kobuldan ularni Islomobodga darhol berishni yoki bu shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishni talab qildi.
Pokiston hukumati Afg‘oniston bilan chegaradagi Torkxam nazorat-o‘tkazish punktini xavfsizlik nuqtai nazaridan yopib qo‘ydi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026